"Kichik Tayson" chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

  • 6 iyul, 2019, 17:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Joriy yilning 25 avgust kuni professional bokschimiz Olim Nazarov WBO international Flyweight Title chempionlik kamari uchun ringa ko‘tariladi. “Kichik Tayson” nomi bilan mashhur hamyurtimizga filippinlik Ivan Soriano raqiblik qiladi. Ivan ham yurtdoshimiz kabi juda tajribali hisoblanadi. U profi ringda 23 marotaba jang o‘tkazib, ularning 20 tasida(10 ta nokaut) g‘alaba qozongan. Ikki bor mag‘lubiyatga uchrab, bir bora durang qayd etgan. Hamyurtimiz ham raqibi kabi 23 ta jang o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba va besh bora mag‘lubiyat qayd etgan.

Tecno

Eslatib o‘tamiz: Olim Nazarov hozirda Janubiy Koreyaning “ Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi safida Vetnamda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

photo_2019-03-29_17-34-19

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Juraev Akram
07/07/2019 10:18
Kichik taysonga omad yor bolsin chempionlar kopayaversin