Kikbokschilarimiz Turkiyadagi nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda

BEPUL PROPAN

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida sportning kikboks turi bo‘yicha 7-xalqaro Turkiya Ochiq kubogi musobaqasiga start beriladi. Unda O‘zbekiston kikboks terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.

Shu maqsadda yaqinda mamlakatimiz kikbokschilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketishdi.

12-15-may kunlari o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli musobaqada jahonning 50dan ortiq davlatidan jami 3 300 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda. Unda Vatanimiz sharafini 62 nafar sportchi 6 ta yo‘nalishda himoya qilishadi.

Shuningdek, mamlakatimiz sport delegasiyasi tarkibidan trenerlar, hakamlar, kuzatuvchilar va delegatsiya rasmiylarini qo‘shib hisoblaganda jami 75 kishi o‘rin olgan.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!