
Kikboksingchilarimiz Hindistonda jang qilmoqda
Joriy yilning 1-5 fevral kunlari Hindiston kikboksing bo‘yicha “WAKO India Open" xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Unda Hindiston, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va Qozog‘istondan kelgan 550 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashadi.
To‘rtinchi bora tashkil etilayotgan mazkur xalqaro turnirda yuksak natijalarni qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston kikboksing terma jamoasining 42 nafar a’zosi Dehli shahriga jo‘nab ketdi.
Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri kikboksingchilaridan tashkil topgan jamoamiz musobaqa davomida “Light contact”, “Kick light”, “Point fighting”, “K-1”, “Low kick” va “Ful contact” yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlar uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar