Kilian Mbappe Angliyadan oʻziga yangi klub tanladi
U ketishga rozi
Madridning «Real» jamoasida to‘p surayotgan yulduz hujumchi Kilian Mbappe kelasi yozdagi transfer oynasidan so‘ng «qirollik klubi»ni tark etib, Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Insayder Fransua Gallyardo tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli fransuz hujumchi «Liverpul» safiga o‘tish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Mersisayd klubi vakillari allaqachon futbolchining onasi va bir vaqtning o‘zida agenti bo‘lgan Fayza Lamari bilan aloqa o‘rnatgani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Mbappe Madrid klubida o‘zini unchalik qulay his qilmayapti va yangi chaqiriqqa tayyor. Kilianing «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Kilian Mbappe Ispaniya chempionatida «Real» tarkibida yetti o‘yin o‘tkazib, yetti gol urdi va ikki marta hamjamoadoshlariga golli pas berdi.

Izohlar (0)