Kilian Mbappe nima uchun zahirada qolganini tushuntirdi
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Real Oviedo"ga qarshi bahsdan keyin (2:0) nega uchrashuvni zahiradan boshlaganiga izoh berdi.
"Men uchun “El-klasiko”da o‘ynamaganim juda alamli bo‘ldi. Hayot shunday.
Men hozir 100 foiz tayyorman. Asosiy tarkibda tushmaganimning sababi — murabbiy uchun men to‘rtinchi hujumchi edim. Mendan oldin Mastantuono, Vini va Gonsalo bor edi. Albatta, asosiy tarkibda bo‘lishni xohlagandim, lekin bu murabbiyning qarori va uni hurmat qilish kerak. Men xafa emasman", — dedi Mbappe.
Fransiyalik futbolchi Arbeloa bilan munosabatlari haqida ham fikr bildirdi.
"Menda Arbeloa bilan hech qanday muammo yo‘q. Unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Murabbiyning falsafasini qabul qilish lozim va tarkib uchun raqobatda Vini, Gonsalo hamda Mastantuonodan o‘tib ketish uchun yaxshiroq ishlashim kerak.
Men murabbiyning matbuot anjumanlarini tomosha qilmayman. Uyimda ispan emas, fransuz televideniyesi bor", — dedi "Real Madrid" forvardi.

Fikrlar