“Klassik” kurashchilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi!
U-20 yosh toifasidagi jahon chempionatida navbatdagi kun bahslari ortda qoldi
Sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionatida navbatdagi kun bahslari ortda qoldi. Slovakiyada tashkil etilayotgan chempionatning ortda qolgan kunida sportchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal:
-60 kg: Dostonbek Oripov
Bronza medal:
-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova
-53 kg: Sohibjamol Esbo‘sinova
Yunon-rum kurashi bahslarining yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz 95 ochko bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Erondan keyin uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Bugun kechki dasturda qizlarimizdan Muhayyo Narzilloeva -65 kg vazn toifasida final bahsini o‘tkazsa, Feruza Kayratdinova (-62 kg) bronza medali uchun kurash olib boradi. Shuningdek, kun davomida erkin va ayollar kurashi bahslarida yana 3 nafar sportchimiz saralash bosqichida qatnashishadi.
Final:
-65 kg: Muhayyo Narzilloeva – Margarita Salnazaryan (Rossiya)
Bronza medali uchun:
-62 kg: Feruza Kayratdinova / Ozdenur Ozmez (Turkiya) – Yifan Chzhu (Xitoy)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)