
Klopp bir jamoadan to‘rtta o‘yinchi oladi
“Liverpul” qishki transferlar davrida tarkibini kuchaytirish maqsadida jiddiy o‘zgartirishlar kiritmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp to‘rtta futbolchini mo‘ljalgan olib qo‘ygan.
Germaniyalik mutaxassis yuborgan skautlar “Galatasaroy”ning to‘rt futbolchisining o‘yinini kuzatib, tahlil qilib chiqdi. Klopp o‘z shogirdlari orasida himoyachilar Sasha Boy va Viktor Nelson, hujumkor futbolchilar Yunus Akgun va Kerem Turko‘g‘lini ko‘rmoqchi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, angliyaliklar bu to‘rt futbolchini qishki transferlar oynasi ochilgunga qadar kuzatishda davom etadi.
Fikrlar