
Klopp bu futbolchi uchun pulni ayamaydigan bo‘ldi
Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi etakchisiga aylangan Florian Noyxaus grand klublar o‘rtasida talash bo‘lmoqda. 24 yoshli yarim himoyachini “Borussiya D”, “Bavariya” va “Liverpul” o‘z safida ko‘rmoqchi.
Bu jamoalar orasida liverpulliklarning imkoniyati baland hisoblanadi. “Bavariya” Noyxaus uchun belgilangan 45 million evroni qimmat sanayapti. Qolaversa, myunxenliklar tarkibida Leon Goretska va Yozua Kimmix borligi uchun Noyxausga ehtiyoj katta, deyish qiyin.
Dortmundliklar esa, odatda qimmat futbolchi olmaydi. Ular arzon o‘yinchilarni transfer qilib, keyin katta summaga sotish usulini qo‘llaydi.
Yurgen Klopp esa Noyxaus uchun pulni ayamoqchi emas. U germaniyalik futbolchini jamoadan ketayotgan Jorjino Veynaldumning o‘rnida o‘ynatmoqda.
Noyxuas joriy mavsumda Bundesligada beshta gol urib, beshta golli pas uzatdi.
Fikrlar