Klopp kelsa, “Real”ning ikki yulduzini haydaydi
Evropa matbuoti taniqli mutaxassis Yurgen Kloppning “Real” bosh murabbiyligiga tayinlanish ehtimoli oshib borayotganini keng muhokama qilishni davom ettirmoqda.
Ayni paytda madridliklarga ustozlik qilmagan Alvaro Arbeloa ilgari yulduzlarga to‘la jamoalar bilan ishlamagan. Bu borada tajribasizligi muhim pallalarda pand berishi mumkin.
Zotan, hozirning o‘zida yosh murabbiy jamoa yetakchilariga yetarli darajada ta'sir o‘tkaza olmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshlandi.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, agar Klopp kelasi yozda jamoani qabul qilib olsa, asosiy tarkibdan ikki futbolchini sotib yuborishni talab qiladi. Bular hujumchi Rodrigo va yarim himoyachi Eduardo Kamavingadir.
Braziliyalik futbolchi klubni tark etishni istamaydi, biroq yangi murabbiy rejalariга mos kelmasa, vaziyatni o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. 25 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 60 million yevroga baholanmoqda.
Eduardo Kamavinga transferga qo‘yilgan taqdirda unga xaridor bo‘ladigan klublar hisob-kitobni 50 million yevrodan boshlashigа to‘g‘ri keladi.
Fikrlar