
Klopp “Liverpul”ga ikkita gol urgan futbolchini olmoqda
Yurgen Klopp jamoa hujumkorligini oshiradigan futbolchiga og‘iz solmoqda.
“Uotford” yarim himoyachisi Ismoil Sarr Angliyaga o‘tgan yili ko‘chib o‘tganiga qaramay, qisqa fursatda o‘zini ko‘rsata oldi. Uning o‘yin uslubi iste’dodlarni tanlashda mohir bo‘lgan Yurgen Kloppga ham ma’qul keldi.
Germaniyalik mutaxassis 22 yoshli senegallik futbolchi jamoa hujumkorligini oshirishda Muhammad Saloh va Sadion Manega yaqindan yordam berishiga ishonmoqda.
Liverpulliklar futbolchining vakillari bilan muzokaraga kirishgan. “Uotford” premer-ligani tark etgani bois, moliyaviy kemtiklarni to‘ldirish uchun etakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘ladi.
Ismoil Sarrga Angliyadan tashqari Frantsiya, Germaniya va Ispaniyadan takliflar bor.
Fikrlar