Klopp "Liverpul"ning so‘nggi yillardagi eng yaxshi transferlaridan biri kimligini aytdi

  • 27 sentabr, 2019, 19:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa himoyachisi Joele Matipni maqtadi.

Tecno

“Joel hamisha aqlbovarqilmas iqtidor egasi bo‘lgan. 18 yoshida “Shalke”da o‘ynagan. Bundesliga esa juda kuchli chempionat hisoblanadi.

Ha, unga barqarorlik etishmadi. Ba’zan shunday ham bo‘lib turadi. Ammo u o‘sdi va rivojlandi.

Bunday futbolchining erkin agent sifatida tarkibga kelishi – omad. Bu “Liverpul”ning so‘nggi yillardagi eng yaxshi transferlaridan biri bo‘lishi mumkin”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Matip 2016 yil “Liverpul”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. U joriy mavsum APLda jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!