Klopp "Napoli"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 18.09.2019 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha “Napoli”dan (2:0) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

“Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lganini inobatga olsak, mag‘lubiyat alamli bo‘ldi. Bu birinchi o‘yin edi. Biz hujum qildik, ammo uni yakunlay olmadik. Bu eng asosiy muammo.

“Liverpul” yaxshi o‘ynadi, ammo gol ura olmadi. O‘yin davomida noto‘g‘ri qarorlar ko‘p bo‘ldi va shu bois biz natijani qabul qilishimiz lozim”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar EChLdagi navbatdagi o‘yinni 2 oktyabr kuni “Zaltsburg”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!