Klopp Nunes haqidagi tanqidlarga ishonch bilan javob berdi

  • 27 dekabr, 2022, 14:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Aston Villa" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. U shogirdi Darvin Nunes borasidagi tanqidlarga javob berib o‘tdi. 

"U yuqori darajada edi. Bizga Nunesning ko‘p yordami tegadi. Hujumchi hududlar ochadi va Saloh kabi futbolchilarimizga erkinlik beradi. 

Darvin gol ura oladi, buni hamma bilib turibdi. Uning tabloda ismi chiqmay qolgani tashvishga sabab bo‘la olmaydi. Urugvaylik futbolchi gol urmadimi, demak, u gol urilishida boshqacha tarzda o‘z hissasini qo‘shgan bo‘ladi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!