Klopp o‘zining o‘rnini kim egallashini aytdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp vaqti kelib uning lavozimini klub afsonasi Stiven Jerrard egallashiga amin ekanini aytdi.
Angliyalik mutaxassis murabbiy sohasiga endi qadam qo‘ygan bo‘lsa-da, Klopp uning orzusi amalga oshib, o‘zi o‘ynagan klubni boshqarishiga ishonmoqda.
- Buning uchun qulay vaqt kelishi kerak. Yagona muammo shu. Frenk Lempard “Chelsi”ni boshqargani bunga misol bo‘la oladi. Jerrardning ishlari yaxshi ketyapti. U murabbiylik uchun juda yosh. Stiven “Liverpul”ni qabul qilib oladigan darajaga etgunicha kutishi kerak.
Men bu albatta amalga oshishiga ishonman. U to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi, - dedi Yurgen Klopp.



Fikrlar