Klopp “Real”da ishlashi haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi
“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning “Real” jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoğ yerli.
Germaniyalik mutaxassis 2023-2024 yildgi mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etiyu murabbiylikdan tanaffusga chiqqa va ayni paytda Red Bull korporatsiyasi tizimida global futbol bo‘yicha rahbar lavozimida ishlamoqda.
- Agar “Real Madrid” mutasaddilari haqiqatan ham qo‘ng‘iroq qilganida, biz bu haqida allaqachon bilgan bo‘lardik. Lekin bularning barchasi — safsata. Ular biror marta ham qo‘ng‘iroq qilmadi — na menga, na agentimga, - dedi Yurgen Klopp.
Shu bilan birga, u kelajakda murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.
- Hozir bu haqida o‘ylamayapman va baxtimga, bunga sabab ham yo‘q. Ha, yoshim ancha katta, lekin murabbiy sifatida hali tugatganim yo‘q. Men hali pensiya yoshiga yetmadim. Yaqin yillarda nima bo‘lishini kim biladi? Lekin hozircha hech qanday reja yo‘q, - dedi Klopp.
Qayd etish joiz, avvalroq Klopp “Liverpul”ga qaytishi mumkinligi haqida ham gap-so‘zlar chiqqan edi, bu uning o‘rnini egallagan Arne Slot faoliyatidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan edi.
Fikrlar