
KO‘JCh. "Bavariya" dastlabki turda raqibini "yanchib tashladi"
AQSh maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan KO‘JCh-2025 turniri davom etmoqda.
Dastlabki turning "C" guruhidan o‘rin olgan navbatdagi bahsida "Bavariya" va "Oklend Siti" jamoalari to‘qnash keldi.
Mazkur bellashuvda Myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz naqd 10 ta to‘p kiritdi.
Gollar: 6′ Koman, 18′ Boe, 20′ Olise, 21′ Koman, 45′ Myuller, 45+3′ Olise, 67′ Musiala, 73′ Musiala (penalti), 84′ Musiala, 89′ Myuller.
Fikrlar