KO‘JCh. Messining jarimadan kiritgan goli "Inter Mayami"ga g‘alaba keltirdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining A guruhidan o‘rin olgan "Inter Mayami" va "Portu" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur bellashuvda Maskerano shogirdlari kambek amalga oshirib,g‘alaba qozondi — 2:1. Dastlab bahsning 8-daqiqasida portugal klubi futbolchisi Samu penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan mezbonlar o‘yinda muvozanatni tikladi. 47-daqiqada Sevogia jamoadoshining uzatmasini golga aylantirdi. 54-daqiqada esa hakam mehmonlar darvozasiga jarima to‘pi belgiladi. Ushbu standart vaziyatdan Lionel Messi super gol urib,jamoasining g‘alabasini taminladi. Ushbu muaffaqiyatdan so‘ng mayamiliklarning 2-turdan so‘ng to‘plagan ochkolar soni 3 taga etdi.
Fikrlar