"Komо" yarim himoyachisi uchun Angliya klublari va "Bavariya" kurashmoqda

  • 06.06.2026 13:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Komo" klubi yarim himoyachisi Martin Baturina bir qator Yevropa grandlarining diqqat markaziga tushdi.

Jurnalist Janluka di Marcio ma'lumotiga ko‘ra, 23 yoshli xorvatiyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari hamda Germaniyaning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Manba qayd etishicha, APLning nomi ochiqlanmagan ikki klubi Baturina transferi uchun 50–55 million yevro ajratishga tayyor. "Bavariya"ning bu boradagi aniq pozitsiyasi hozircha ma'lum qilinmagan.

Futbolchi o‘tgan yozda Zagrebning "Dinamo" klubidan "Komo" safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil o‘rtasiga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Baturinaning transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!