Konferentsiyalar ligasi: Bugun "Roma" o‘ynaydi

  • 16.09.2021 08:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Bugun Konferentsiyalar ligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bellashuvlar orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bahs ham bor.

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan rimliklar Bolgariyaning TsSKA klubi bilan kuch sinashadi. O‘yin Italiyadagi "Olimpiko" stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Joze Mourino shogirdlari joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs Norvegiyaning "Bude-Glimt" va Ukrainaning "Zarya" klubi o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin ham 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!