Kongo murabbiyi otasining vafot etganini matbuot anjumanida bildi
Kongo terma jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Desabr Angliyaga qarshi 1/16 final uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida otasining vafot etganini bilib qoldi.
Angliyaga qarshi bahsda afrikaliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, Jahon chempionatini tark etdi. Matbuot anjumani davomida DR Kongo futbol federatsiyasi vakili so‘zga chiqib, shunday dedi:
"Murabbiyimiz otasidan ayrildi. Shu munosabat bilan unga chuqur hamdardlik bildiramiz."
49 yoshli mutaxassis qisqacha "Rahmat" deb javob berdi va matbuot anjumanini yakunladi.

Fikrlar