Konoplyanka "Shalke"dan ketmoqchi

  • 11.04.2019 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis klubi ham 29 yoshli ukrainalik futbolchini tarkibda majburan ushlab turmoqchi emas. Uni taxminan 3-3,5 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Konoplyanka joriy mavsum “Shalke” safida jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!