Konor Makgregor UFC bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqchi

  • 19.01.2026 11:30
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC "Paramount" bilan shartnoma imzolagach, irlandiyalik MMA ustasi Konor Makgregor ham yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.

"Bu men uchun katta qiziqish uyg‘otdi. Ligada hozir "Paramount" bilan 7,7 milliard dollarlik yangi kelishuv bor va promoushen daromadini to‘rt barobar oshirdi. Endi hozirgi shartnomam amal qilmaydi, chunki PPV tizimi mavjud emas, holbuki mening kelishuvim aynan pullik translyatsiyalar savdosiga asoslangan edi. Shunday ekan, menga yangi shartnoma kerak. Fevral oyida muzokaralarni boshlaymiz va ular qanday natija berishini ko‘ramiz", - dedi irlandiyalik.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor Oq Uydagi UFC turnirida Maykl Chendler bilan to‘qnash kelishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!