
Konor: UFC tarixidagi eng boy jangchi qaytmoqda
Konor Makgregor tayyorgarlik jarayonidan olingan suratlarni namoyish etdi.
“UFC tarixidagi eng boy jangchi qaytmoqda. Besh hafta va to‘rt kun qoldi", - deb yozib qoldirdi ikki karra sobiq chempion.
Ma’lumot uchun, Makgregor 30 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan UFC 303 turnirida Maykl Chandlerga qarshi jang qiladi. U Dastin Pore bilan trilogiya jangida oyog‘ini sindirib olgan va 2021 yil iyulidan beri oktagonga chiqmagandi.
Fikrlar