Konte "Inter"dagi sobiq shogirdini "Tottenxem"ga chorlamoqda

  • 22.02.2022 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" klubi "Inter"ning markaziy himoyachisi Stefan de Vreyga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Inter Live nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "shporlar" yozgi transfer oynasida niderlandiyalik futbolchini sotib olishga tayyor. Aynish kerakki, de Vreyni Angliya poytaxtida "Inter"dagi sobiq ustozi Antonio Konte kutmoqda.

Niderlandiyalik futbolchining "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha imzolangan. U joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!