
Konte "Inter"ga qaytgan Perishich haqida nimalar dedi?
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte “Bavariya”da ijarada o‘ynab qaytgan vinger Ivan Perishich haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bavariya”da ajoyib g‘alaba tajribasini his qilgan Ivan uchun xursandman. U uchta sovrin yutdi va “Inter”ga ulkan qat’iyat bilan qaytdi. Uning bizga yordam berish, o‘zini jamoaga bag‘ishlash uchun kelgani juda yaxshi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Perishichning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Unga “Manchester Yunayted”dan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lgan edi, ammo yakunda klublar o‘zaro kelisha olmadi.
Fikrlar