Kontening iste’fosi "Tottenxem"ga qanchaga tushdi?

  • 28.03.2023 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, kecha "Tottenxem" bosh murabbiy Antonio Kontening iste’foga chiqqanini rasman e’lon qildi. Italiyalik mutaxassis shartnomasi tugashiga atigi uch oy qolganda London klubini tark etdi.

TalkSPORT nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "shporlar" Konte oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to‘liq bajaradi - mutaxassis 4 million funt (4,55 million evro) oladi.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" hozirda APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Londonliklar Premer-liganing navbatdagi uchrashuvini 3 aprel kuni safarda “Everton”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!