Konya-2021. 2 nafar para suzuvchimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Biri oltin, ikkinchisi bronza!

  • 07.08.2022 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti

Hozirgina Konyada bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarining para suzish musobaqalarida erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha final bahslari yakunlandi. E’tiborlisi, unda 3 nafar hamyurtimiz – Azizbek Boynazarov, Sultonbek Nuriddinov hamda Abdulaziz Xayrullaev saralashda ishtirok etdi.

Azizbek Boynazarov 01:09,86 soniya natija bilan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sultonbek Nuriddinov 01:12,82 soniya qayd etib, marraga 3-bo‘lib etib keldi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!