
Konya-2021. Engil atletikachilarimiz balandlikni birin-ketin zabt etishdi
Kuni kecha o‘zbek engil atletikachilari orasida birinchi bo‘lib “Brilliant liga”da muvaffaqiyatga erishgan Safina Sadullaeva yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash dasturida 1.97 metr natija qayd etgan Safina oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu bilan sirdaryolik atletimiz o‘zining shaxsiy natijasini yaxshiladi. Shuningdek, mazkur dasturda Svetlana Radzivil 1.87 natija ko‘rsatib, kumush medal sohibasiga aylandi.
Fikrlar