Konya-2021. Nayza uloqtirish sektorida bronza

BEPUL PROPAN

Engil atletikachilarimiz Islom birdamligi o‘yinlarida ikkinchi medalini qo‘lga kiritishdi. Nayza uloqtirish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nargiza Qo‘chqorova 56.08 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda qatnashgan yana bir vakilamiz Musharrafxon Saidahmedova esa 56.06 metr bilan to‘rtinchi natijani qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!