Asosiy mazmunga oʻtish

Konya-2021. Para suzuvchilarimiz Turkiyaga jo‘nab ketdi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Ular 7 avgustdan kurashlarga kirishadi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiya davlatining Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada Paralimpiya terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Bugun tongda para suzuvchilarimiz Konyaga uchib ketishdi. Aytish kerakki, para suzuvchilarimiz ishtirokidagi musobaqalar 7 avgust sanasidan boshlanadi.

Quyida V Islom birdamlik o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan para suzuvchilar bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.Azizbek Boynazarov
2.Abdulaziz Xayrullaev
3.Sultonbek Nuriddinov
4.Baxtiyorjon Ortikov

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q