Konya-2021. Velosportchilarimizga teng keladigani topilmadi. Oltin ham, kumush ham bizda!

  • 11.08.2022 17:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport

Velosportchilarimizdan xushxabar davom etadi. Shosseda o‘tgan ayollar o‘rtasidagi vaqt uchun poyga yo‘nalishida hamyurtlarimiz ajoyib natija qayd etishdi.

Trekda oltin medalga sazovor bo‘lgan Olga Zabelinskaya ushbu dasturda ham tengsiz ekanligini ko‘rsatib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir eng yuqori probali medalni qo‘shib qo‘ymoqda. Quvonarlisi, mazkur yo‘nalishda startga chiqqan ikkinchi vakilamiz Yanina Kuskova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu Kuskova uchun musobaqadagi uchinchi kumush medal bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!