"Ko‘p vaqtimni zaxirada o‘tkazishni istamayman!" - Eldor Shomurodov "Roma"dan ketmoqchiligi haqidagi savolga javob berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda "Navruz Cup" xalqaro turniri uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun Srechko Katanets boshchiligidagi "oq bo‘rilar" navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi. Jamoamizning "Roma"dagi legioneri Eldor Shomurodov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi:
"Milliy terma jamoa tarkibiga kelganimda kayfiyatim faqat a’lo bo‘lgan. Doim ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaganman. Balki mashg‘ulotlarda o‘zimni etarlicha ko‘rsata olmayotgandirman. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.
"Roma" bilan shartnomam bor. Agar menga imkon berishsa, qolish niyatim yo‘q emas. Lekin hozirgidek ko‘p vaqtimni zaxirada o‘tkazishni istamayman. Hujumchi birinchi navbatda gol ursa, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Shuning uchun MTJ safida raqib darvozasini ishg‘ol etishga harakat qilaman.
Xalqaro turnirning Vodiyda o‘tishi mahalliy ishqibozlar uchun haqiqiy bayram bo‘ladi. Albatta, bizning maqsadimiz ularni xursand qilish. Barcha muxlislarni Namangandagi stadionga chorlab qolamiz! Chiroyli o‘yin ko‘rsatish orqali ularni mamnun qilishga harakat qilamiz".
Fikrlar