Korme: "Sport tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan"

  • 30 avgust, 2024, 14:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, hozirda “Shon-sharaf zali” a’zosi Daniel Korme afsonaviy bokschi Mayk Tayson va videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

 “Mayk Taysonga pul kerak emas, shunday ekan nega u jangga rozilik bildirdi? Hayronman rosti. Xo‘sh mayli, Mayk Polni nokaut qilsa nima bo‘ladi? Ertak tugaydi. Shundagina juda go‘zal yakunni ko‘ramiz. Sport tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan”, — dedi Korme o‘zining You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Pol(9-1, 6 KO) va Tayson(50-6, 44 KO) o‘rtasidagi jang 15 noyabr kuni AQSh da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!