Koronavirus “Real”ga ham tahdid qilmoqda

  • 08.07.2020 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Luka Yovich o‘zini o‘zi yakkalash uchun karantinga ketdi. Gap shundaki, Yovichning oldiga kelgan do‘stida koronavirus aniqlangan va Luka jamoadoshlarini xavfga qo‘ymaslik uchun uyida karantin o‘taydigan bo‘ldi.

Yovichning o‘zi ham test topshirdi. Natija manfiy. Klub rahbariyati natija manfiy bo‘lsa-da, futbolchidan uyda qolishni so‘ramoqda.

Serbiyalik hujumchi yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirmoqchi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!