Koronavirus sabab yana bir qo‘shnimiz futbol musobaqalaridan voz kechdi

  • 24 mart, 2020, 20:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkmaniston futbol federatsiyasi o‘zining rasmiy saytida mamlakatdagi barcha futbol musobaqalari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, qo‘shnilarimiz ham dunyoni zabt etayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli shunday qarorga kelishgan. Aytish kerakki, hozircha Turkmaniston chempionatining yangi mavsumidan o‘rin olgan 3 ta tur o‘yinlari o‘tkazilgan edi xolos.

24 mart holatiga ko‘ra, Turkmanistonda COVID-19 virusi bilan bog‘liq vaziyat qayd etilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!