Krishtianu Ronalduni Saudiya chempionatida navbatdagi golini urdi
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida yana bir bor o‘z hisobini to‘ldirdi.
40 yoshli portugalialik forvard "Al-Xolud"ga qarshi uchrashuvning 47-daqiqasida Joau Feliksning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.
Shu tariqa, Ronalduning joriy chempionatdagi gollari soni 18 o‘yinda 17 taga yetdi. U to‘purarlar poygasida faqat "Al-Ahli" hujumchisi Ayven Tounidan (18 gol) ortda qolmoqda.
Umuman olganda, Ronaldu ushbu mavsumda klubi va Portugaliya terma jamoasi safida 27 ta o‘yinda 23 ta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar