Kroos: "Barselona"ning g'alabasiga hech qachon bu qadar ishonmaganman"

  • 12.05.2026 13:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning "Barselona"ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

Ispaniya La Ligasining 35-turida "Real Madrid" safarda "Barselona"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu g‘alaba orqali kataloniyaliklar tarixda ilk bor "El-klasiko"da muddatidan avval chempionlikni rasmiy qo‘lga kiritdi.

"Menda hech qachon bunchalik kam umid bo‘lmagan. O‘yin tugagandan xursand bo‘ldim, xolos. Ilgari hech qachon “Barselona”ning g‘alaba qozonishiga bu darajada ishonmaganman. Hatto ular kuchliroq bo‘lgan mavsumlarda ham", — dedi Kroos "Madrid Zone" nashriga.

Mavsum tugashiga uch tur qolgan bir paytda "Real" La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va "Barselona"dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!