Kuarejma APL klubining taklifini rad etdi
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega edi.
A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli portugaliyalik futbolchini "Vulverxempton" klubi o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagan va unga taklif bilan chiqqan. Biroq, Rikardu shartnomasi oxirigacha turk klubida qolishga qaror qilgan. Ta’kidlash kerakki, uning shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Kuarejma o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar