Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Kuchli uchlikda faqat "Barselona" vakillari!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

La Ligada 2000 yillarning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qilindi

"Four Four Two" jurnali qiziqarli reytinglarni tuzishda davom etmoqda. Bu safar mutaxassislar La Ligada 2000 yillarning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Ushbu reyting startida "Barselona"da porlagan Ronaldino turibdi. Ikkinchi o‘rinni Lionel Messi egalladi. Kuchli uchlikni yana bir sobiq "ko‘k-anorranglilar" futbolchisi Xavi yakunladi.

Kuchli o‘ntalikka Raul Gonsales, Zinedin Zidan, Andres Inesta, Samyuel Eto’O, Roberto Karlos, Dani Alves va Ronaldo kirdi.

Krishtianu Ronaldu ro‘yxatga kiritilmadi. Portugaliyalik futbolchi 2009 yilda "Real" safiga qo‘shilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q