Kuman Koutinoni xursand qildi

  • 21.08.2021 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino bo‘yicha so‘nggi qarorini e’lon qildi.

Avvalroq, klub rahbariyati tajribali futbolchini boshqa klubga o‘tkazib yuborishga harakat qilayotgan edi.

- Koutino sport formasini yana ozroq tiklab olsa, asosiy tarkibga kirishi mumkin. Filippe ajoyib futbolchi va biz uchun muhim hisoblanadi. Aytishim mumkinki, bu mavsum biz unga ishonch bildiramiz, - dedi Ronald Kuman.

Ta’kidlash joizki, Koutino kataloniyaliklar tarkibida yana bir necha uchrashuv o‘tkazsa, “Barselona” rahbariyati “Liverpul”ga belgilangan miqdorda qo‘shimcha bonus to‘lashga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!