Kuman: Maydonga tushish, tushmaslikni Messining o‘zi hal qiladi

  • 16.01.2021 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messi “Atletik”ga qarshi o‘ynash yoki o‘ynamaslikni o‘zi hal qiladi.

“Messi mashg‘ulotlarda qatnashyapti. Oxirgi so‘zni har doim futbolchining o‘zi aytadi. U ertaga ertalab tanasining holatiga qarab, o‘ynash yoki o‘ynamasligini ma’lum qiladi. Biz uning o‘ynashiga umid qilamiz”, - dedi gollandiyalik mutaxassis.

“Barselona” va “Atletik” jamoalari bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!