
Kuman nega Gollandiya terma jamoasini tark etganini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman nega Gollandiya terma jamoasini tashlab, kataloniyaliklar taklifini qabul qilganini aytdi.
“Barsa” meni yanvarda chaqirgan, ammo men “Evro-2020”ga 3-4 oy qolganida terma jamoani tashlab ketolmadim. Keyin pandemiya boshlandi, yurak xurujini boshdan kechirdim va men hayotga boshqacha nazar tashlay boshladim. Men “Barselona”ni boshqarishim kerak, degan orzuimni amalga oshirishim kerak edi. Bartomeu yana bir qo‘ng‘iroq qilganida, men rozi bo‘ldim. Men 57 yoshdaman. Bunday imkoniyat boshqa hech qachon bo‘lmasligi mumkin”, - dedi Kuman.
“Barselona” ayni damda La Ligada 24 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Kumanning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar