Kurtua 45 yillik rekordni takrorladi
“Real” Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua kecha La Liganing 26-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga (0:2) qarshi o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tish lozimki, belgiyalik posbon birinchi davrada “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan edi.
E’tiborlisi, Kurtua Ispaniya chempionatida so‘nggi 45 yilda ketma-ket 2 ta el-klasikoda gol o‘tkazmagan ilk darvozabon bo‘ldi. Bundan avvalgi rekord ham “qirollik klubi” darvozaboniga tegishli edi. Aniqrog‘i 1974/75 yilgi mavsumda “Real” posboni Migel Anxel ketma-ket 2 ta klasikoda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar