Kurtua: "Bu o‘yinda xor bo‘lasan deyishgandi"
"Real" Madrid darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi finali haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kecha matbuot anjumanida aytgandimdek, "Real" finalga chiqsa, albatta g‘alaba qozonadi. Ko‘pchilik, tvitterda bu o‘yinda xor bo‘lasan, deb yozgandi. Biroq bugun hammasi aksincha bo‘ldi.
Bugun men faoliyatim va qilgan mehnatlarim uchun g‘alaba qozonishim kerak edi. Sababi, ko‘pchilik meni etarlicha hurmat qilmaydi. Yaxshi o‘tkazgan mavsumimdan keyin ham ko‘p tanqidlarga uchradim.
Biz dunyoning eng kuchli klublarini mag‘lub etdik. "Liverpul" va "Siti" ajoyib mavsum o‘tkazishdi va APLda so‘ngi turlargacha kurash olib bordi. "Qizillar" ikki bora kubok yutdi. Ular juda kuchli jamoa", - dedi belgiyalik darvozabon.
Fikrlar