Kurtua jarohat bilan o‘ynadi: "Atletiko"ga qarshi derbi xavf ostida

  • 18.03.2026 13:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Tibo Kurtua "Real Madrid"ning "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinida birinchi boʻlimni jarohat bilan oʻtkazdi.

Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida madridliklar safarda 2:1 hisobida gʻalaba qoʻzondi (birinchi oʻyin — 3:0). Tanaffusda Kurtua almashtirildi va ikkinchi boʻlimni Andrey Lunin boshladi.

Maʼlumotlarga koʻra, belgilayik darvozabon oʻng sonining mushagidagi ortiqcha yuklama sabab oʻyinni davom ettira olmagan. Qayd etilishicha, u jarohatni oʻyindan oldingi qizish jarayonidayoq olgan.

Hozircha Kurtuaning 22 mart kuni "Atletiko Madrid"ga qarshi derbida ishtirok etishi noaniq boʻlib qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!