Asosiy mazmunga oʻtish

Kurtua: «Maydonga chiqib, «Barselona» bilan oradagi farqni qisqartirishimiz kerak»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Tibo Kurtua «El Klassiko» oldidan «Real» «Barselona» ustidan g‘alaba qozo­nib, ochkolar farqini qisqartirishga ishonayotganini aytdi.

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona»ga qarshi bo‘lajak uchrashuvdan kutayotganlari haqida gapirdi. Belgiya­lik futbolchi jamoasi printsipial raqibi ustidan g‘alaba qozonishiga umid qilmoqda.

«Bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Albatta, g‘alaba qozonishga qodir ekanimizni tushunib turibmiz. Maydonga chiqib, «Barselona» bilan oramizdagi farqni qisqartirishimiz kerak», — dedi Kurtua Metaratings nashriga bergan intervyusida.

Bo‘lajak qarama-qarshilik Ispaniya chempionatidagi turnir vaziyati uchun katta ahamiyatga ega. To‘qqiz turdan keyin «Barselona» 27 ochko bilan jadvalda peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 21 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. G‘alaba madridliklarga kataloniyaliklar bilan oradagi farqni qisqartirish va yetakchilik uchun kurashni yanada keskinlashtirish imkonini beradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q