Kurtua: "Mbappe liderlik borasida Krishtianu Ronalduga yaqinlashib bormoqda"

  • 20.11.2025 18:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Kilian Mbappe va "An-Nasr" forvardi Krishtianu Ronalduning liderlik qobiliyatlarini solishtirdi.

Kurtua o‘z fikrlarini quyidagicha bayon qildi:

"Mbappe va Krishtianu – qaysi biri yaxshiroq lider va ularning farqi nimada? Men Krishtianu bilan birga o‘ynamaganman, chunki men "Real"ga kelgan yozda u "Yuventus"ga ketgan edi. Ular ikki xil futbolchi, lekin Krishtianuda g‘oliblik ruhi Kilianga nisbatan biroz ko‘proq.

Biroq bu yil Kilian bu xislatni juda yaxshi namoyish qilyapti. U yangi darajaga ko‘tarildi va jamoani ortidan boshlab boryapti. Uning haqiqiy lider ekani ko‘rinib turibdi va har bir o‘yinda bu yanada yaqqol namoyon bo‘ladi", – dedi Kurtua.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!