Kutilmagan qaror: “Manchester Siti” Rodriga narx belgiladi

  • 17.10.2025 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” rahbariyati “Real” nishonida turgan “Oltin to‘p” sohibi Rodrigo Ernandesni kelasi yoz muayyan shartlar evaziga sotib yuborishga qaror qildi.

Defensa Central nashrining yozishicha, ispaniyalik yarim himoyachining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Agar Rodri joriy mavsum oxirigacha klub bilan hamkorlikni uzaytirishga ko‘nmasa, manchesterliklar u bilan xayrlashadi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” rahbariyati yozda 65 illion evrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Ayni paytda “shaharliklar” Rodri bilan hamkorlikni uzaytirish harakatini boshlab qo‘ygan. Biroq 29 yoshli futbolchining jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani va avvalgi darajasiga qayta olmayotgani rahbariyatni o‘ylantirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali Rodrini 110 million evroga baholamoqda. Biroq reyting yangilanganida bu summa pasayishi ehtimoli katta ekani aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!