Kvalyarella Italiya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

  • 27 mart, 2019, 09:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi forvardi Fabio Kvalyarella kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Lixtenshteynga qarshi bahsda gol urishga erishdi.

Tecno

E’tiborlisi, Kvalyarella shu tariqa “Skuadra Adzurra” safida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U shu kuni 36 yosh 54 kunlik edi.

Ma’lumot uchun, Kvalyarella ilk bor Italiya terma jamoasiga 2010 yilda chaqirilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 7ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!