KXDR- Qatar bahsi to‘xtatildi!

  • 10 sentabr, 2024, 18:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh saralashi Osiyo mintaqasi 2-turidan o‘rin olgan KXDR - Qatar bahsi 60-daqiqada to‘xtatildi. 

Mazkur bellashuv Laosda o‘tkazilyapti. Ayni damda bellashuv bo‘layotgan "Yangi Laos Milliy stadioni"da yomg‘ir juda kuchli yog‘yapti va stadionda to‘p deyarli yurmay qoldi. 

Shu sababli, o‘yin bosh hakami Muhammad Nazmi Bin uchrashuvni to‘xtatdi. 

Ta’kidlash kerak, uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilmoqda. Bundan tashqari, koreyalik futbolchi Jang qizil kartochka olib maydonni tark etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!